Angliyaning «Mançester Siti» jamoasining ötgan mavsum yakunlariga körgan daromadi 479 mln dollarni taşkil qildi. Bu 2014/2015 yilgi mavsumdagi 430 mln dollar (358,1 mln funt sterling) bilan soliştirganda 11 foizga ösişni körsatadi. Yillik hisobot jamoa rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Bu jamoa uçun rekord körsatkiç sanaladi. «Siti» bu orqali Angliya premer-ligasida daromad köriş böyiça «Mançester Yunayted»dan keyin ikkinçi örinni qayd etgan.

Klubning ötgan mavsumdagi sof daromadi miqdori 25,5 mln dollarni taşkil qilgan va bu 89 foizlik ösiş demakdir.

Klubning öyinlar teletranslyatsiyasidan oladigan daromadi 19 foizga ösdi, bunga «Mançester Siti» ötgan mavsumda YeÇL yarim finaliga qadar yetib borgani sabab hisoblanadi. Etihad Stadium stadionida ötkaziladigan uy öyinlariga çiptalar sotilişi orqali köriladigan daromad miqdori 21 foizga oşdi, bu 2015 yilning yozida tribunalar kengaytirilgani bilan boğliq.

Brand Finance ma'lumotiga köra, «Mançester Siti» brendi bahosi 905 mln dollarni taşkil qilmoqda, bu qiymat 1 yil içida 105 mln dollarga qimmatlaşgan. Brand Finance reytingida uşbu klub faqat «Mançester Yunayted», «Real» va «Barselona» jamoalaridan ortda qolmoqda - törtinçi örin.

«Mançester Siti» City Football Group holdingi tarkibiga kiradi, bu holding AQŞda «Nyu-York Siti», Avstraliyada «Melburn Siti» va Yaponiyada «Yokogama Marinos» jamoalarini öz içiga olgan.

«Şaharliklar»ning qarzi yöq. Şayx Mansur 2008 yilda jamoani sotib olgandi. Ötgan 8 yil davomida uning sarmoyalari evaziga jamoa ösişga erişdi.

Ötgan mavsum yakunidan keyin «Mançester Siti» yozda yangi futbolçilar xaridi uçun 140 million funt sarfladi.

Holbuki 5 yil oldin «Mançester Siti» mavsumni 194,9 million funtlik zarar bilan yopgandi. Moliyaviy yaxşilaniş «Etihad» stadionida yana 8000 örin (bu orqali stadion siğimi 54,041 öringa yetdi) va City Football Group hamda China Media Capital Holdings tomonidan 265 million funt investitsiya kirtilişi ortidan röy berdi.