Yaponiya hukumati imperator Akixitoni taxtdan mahrum qiliş böyiça maxsus qonunni tayyorlaşni rejalaştirayapti. Bu haqda, Kiodo axborot agentligi hukumatdagi manbasiga tayangan holda xabar qilmoqda.
Ma'lumotlarga köra, imperator 2018 yilgaça taxtda ötirişi mumkin.
Şu yilning avgust oyida 82 yoşli imperator Akixito xalqiga qilgan telemurojaatida "xrizantemali toj"dan voz keçmoqçi ekani haqida söz yuritgan edi. Uning aytişiça, soğliği va yoşi bilan boğliq muammolar davlat va xalq birligi "timsoli" vazifasini bajarişga imkon bermayapti.
Şu munosabat bilan, Tokioda 17 oktabrdan maxsus komissiya iş boşlagan. U muammoni hal etişning turli usullarini örganib çiqadi. Çunki, mamlakatning hozirgi qonunçiligida imperatorning taxtdan voz keçişiga oid bandlar mavjud emas.
Akixito 1989 yilda taxtga ötirgan edi. U tojni topşirsa, 56 yoşli şahzoda Naruxito taxtga çiqadi.

















