Gallup International/WIN tadqiqot markazlari dunyo aholisi AQŞ prezidentligi uçun saylovlarda ovoz beriş imkoniyatiga ega bölganda kimga ovoz berişlariga oydinlik kiritdi. Ötkazilgan ijtimoiy sörov natijalariga köra, dunyo fuqarolarining aksariyati demokratlar nomzodi Hillari Klintonga ovoz bergan bölardi, deb yozilgan «Romir» tadqiqot markazi xabarida.
Qayd etilişiça, 45 mamlakatdagi söralganlarning yarmidan ortiği, ya'ni 59 foizi Klinton uçun ovoz berişini aytgan.
Respublikaçilar vakili, milliarder Donald Trampga 25 foiz saylovçi ovoz bergan bölar edi.
Sörov natijasiga köra, Trampga ovoz beruvçilar soni Rossiya, AQŞ va Xitoyda tegişli ravişda 33, 41 va 44 foizni taşkil etişi mumkin edi.
Ammo, aksariyat rossiyaliklar öz nomzodlarini aniqlaşda qiynalgan va şu bois, söralganlarning 57 foizi javob berişdan boş tortgan.
Rasmussen Reports kompaniyasi ötkazgan sörov natijasiga köra, Tramp öz siyosiy raqibi Hillari Klintonni ikki punktga ortga qoldirgan.

















