2016 yilning 18 oktabr kuni Toşkent şahar hokimi Rahmonbek Usmonov «Toşkent şahrida 2016-2017 yilgi isitiş mavsumiga tayyorgarlik köriş va issiqlik energiyasi bilan ta'minlaş töğrisida»gi 938-sonli qarorga imzo çekdi. Bu haqda Toşkent şahar hokimligi Axborot xizmati ma'lum qildi.
Uşbu qarorga köra, Özbekistonga sovuq havo oqimining kirib kelişi munosabati bilan aholiga qulayliklar yaratiş, ijtimoiy soha obektlarida xizmat körsatiş şaroitlarini yaxşilaş maqsadida Toşkent şahridagi markazlaşgan issiqlik ta'minotidan foydalanuvçi iste'molçilarni issiqlik bilan ta'minlaşga ötiladi.
«Toşkent issiqlik elektrmarkazi», «Toşkent issiqlik markazi», «Toşissiqquvvati» IÇB UKga markazlaşgan issiqlik tizimining barça qismlarini tekşiriş imkoniyatini ta'minlaş uçun 18 oktabrdan Toşkent şahar issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakatini işga tuşiriş vazifasi topşirilgan.
Qarorda issiqlik ta'minoti, ijtimoiy soha obektlari rahbarlariga tuman hokimliklari bilan hamkorlikda ijtimoiy soha obektlari, xususan, ta'lim muassasalari, kasalxona va poliklinikalarni 2016 yil 19 oktabrdan, aholi turar-joy binolarini esa 20 oktabrdan muntazam isitişga kirişişni taşkil etiş topşirilgan.
Şuningdek, tegişli taşkilotlarga şaharda 2016-2017 yilgi isitiş mavsumi davrida uzluksiz tabiiy gaz, suv ta'minoti va elektr energiyasini yetkazib beriş çora-tadbirlarini işlab çiqiş va amalga oşiriş vazifasi yuklatilgan.
Toşkent şahar Xususiy uy-joy mulkdorlari şirkatlari uyuşmasiga köp kvartirali uylarda issiqlik ta'minoti tizimining barqaror işlaşi uçun mutasaddi xodimlar va aholi tomonidan qoidalarning buzilişiga yöl qöymaslikni nazorat qiliş vazifasi yuklatilgan.












