Futbol böyiça Özbekiston terma jamoasi boş murabbiyi Samvel Babayan «Çempionat» naşriga bergan intervyusida mamlakatda mahoratli futbolçilarning yangi avlodi ösib kelayotganini hamda Özbekiston futboli tarixidagi eng iqtidorli jamoani boşqarayotganini ta'kidladi.
U «Bunyodkor» vakili hisoblangan hujumçi Eldor Şomurodovga alohida töxtalgan.
Rus jurnalisti murabbiydan terma jamoaga yoşlarni faol jalb qilişi Özbekistonda iqtidorli avlod yetişib çiqqani bilan boğliqligini aniqlaştiriş uçun savol bergan.
«Haqiqatan ham hozirda köplab yoş iqtidorli futbolçilar yetişib çiqdi. Hozirgi kunda Özbekiston — ösmirlar va yoşlar örtasidagi jahon çempionatlarining doimiy iştirokçisi. Men hozir terma jamoaga taklif qilayotgan futbolçilar uşbu musobaqalarda iştirok etib, yaxşi tajriba töplaşdi. Masalan, yoşlar terma jamoamiz Yangi Zelandiyadagi jahon çempionatida kuçli sakkizlikka kirdi. Bu yaxşi natija, ammo, nazarimda, jamoa yarim finalgaça yetib borişi mumkin edi. Hozirda bu yigitlar öz klublarining yetakçisi hisoblanadi. Ular doimiy ravişda Osiyo çempionlar ligasi bahslarida iştirok etişadi. Bizda yaxşi yoş futbolçilar köp.
Nazarimda, Özbekiston futboli tarixidagi eng iqtidorli jamoani boşqaryapman. Avvalgi avlod vakillarini ranjitiş niyatim yöq, bu mening şaxsiy fikrim. Hozirda tarkibimizda Odil Ahmedov, Vitaliy Denisov, Anzur Ismoilov, Azizbek Haydarov, Server Jyeparov va Aleksandr Geynrix darajasidagi futbolçilar bor va ular atrofida jamoa qurilmoqda.
Şuningdek, Igor Sergeyev, Yegor Krimets, Otabek Şukurov, Davron Hoşimov, Javohir Sohibov va Eldor Şomurodov kabi yoş futbolçilar jamoaga kirişib ketmoqda.
Şomurodovga alohida töxtalmoqçi edim. Hozirda u terma jamoaning asosiy tarkib futbolçisi hisoblanadi. Öylaymanki, Eldor yaqin orada jamoaning yetakçisiga aylanadi. Eldor mehnatkaşligi bilan ajralib turadi. U jismoniy jihatdan baquvvat, u dribling işlatişdan çöçimaydi. Uning aldamçi harakatlari — tuğma iqtidor. Bu narsani amalga oşira oladigan futbolçilar köp, ammo Şomurodov kerakli paytda driblingdan foydalanadi va şundan söng öz vaqtida uzatma beradi yoki darvoza tomon zarba beradi. Öylaymanki, kelajakda u top-futbolçiga aylanadi», – degan Babayan.
U Şomurodovning öz faoliyatini Yevropada davom ettirişi ehtimollari haqidagi savolga javob bergan.
«Hozirgi kunda Osiyo klublari katta moliyaviy imkoniyatlarga ega. Arab jamoalariga ötib, u yerda öynaş mumkin. Afsuski, ba'zida futbolçilar özining rivojlanişidan köra katta pullarni ustun qöyişadi. Lekin Şomurodov Yevropa jamoasiga ötişni va u yerda rivojlanişni istaydi. Eldor töğri fikrlayotganidan xursandman. U öz iqtidorini rivojlantiriş va ösiş kerakligini tuşunadi», – degan murabbiy.












