Xitoy şimolida 300 nafardan ziyod maktab öquvçisi ovqatdan zaharlandi. Ularning 74 nafari şifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar bermoqda.

Agentlik ma'lumotiga köra, voqea Xebey provinsiyasining Çjendin şahridagi boşlanğiç maktabda röy bergan. 27ta sinfdagi öquvçilar zaharlangan. Uşbu maktabda umumiy hisobda 35ta sinf faoliyat olib boradi.

Xabar qilinişiça, öquvçilardan 74 nafari ötkir zaharlaniş tufayli şifoxonaga yotqizilgan, ularning hayotiga jiddiy xavf yöq.

Tahlillarning körsatişiça, maktab öquvçilari ovqatdan zaharlangan. Hukumat voqea tafsilotlarini örganmoqda.