Layfxaker öz işining haqiqiy ustalari tomonidan berilgan noodatiy maslahatlar bilan bölişdi.

1. Donald Tramp

«Autsayder böling»

Donald Tramp AQŞ prezidenti sifatidagi ilk nutqida Liberni Universiteti bitiruvçilarini «işlarning hozirgi holati va hokimiyatning foydasiz tuzilmalari bilan kuraşişga» çaqirdi.

Trampning bitiruvçilarga aytişiça, «autsayder sifatida baholaniş» — bu yaxşi, sababi «faqatgina autsayderlar dunyoni özgartirişga qodirdir».

«Yodingizda tursin: heç narsa va heç qaçon osonlik bilan amalga oşmaydi. Öz fikrida sobit turuvçilar, buni qila olmaganlar tomonidan tanqidga uçraydi. Çirigan tizim siz adaşayotganingiz haqida qança köp gapirsa, siz öz maqsadingiz sari şunça qat'iylik bilan harakat qilişingiz kerak».

2. Mark Tsukerberg

«Hayotda öz maqsadini topişning özi yetarli emas»

Facebook  asosçisi Mark Tsukerbergning fikriça, bugungi kunda köplab yoşlar hayotda maqsadini topişga harakat qilmoqda, biroq bu notöğri yondaşuv. Buning örniga har bir kişi aniq maqsadga ega bölgan va maqsad nima ekanini aniq tuşunadigan dunyoni yaratişga harakat qiliş kerak ekan.

«Maqsad – bu siz katta nimaningdir bir qismi ekaningiz, siz bu dunyoga kerak ekaningiz va oldinda sizni faqatgina yaxşi narsalar kutayotganini tuşunişdir. Maqsaddan haqiqiy baxt ham boşlanadi».

Tsukerberg yoşlarga uçta maslahat beradi:

•  Katta nimanidir amalga oşirişdan qörqmang. Bizning hozirgi davrimiz kelajagimiz asosini yaratadi.

•  Boşqalarga yordam beriş uçun vaqt va pulni ayamang. Har kim öz maqsadi sari intilişda erkinlikka ega bölişi lozim. Agarda hamma özining buyuk ğoyalarini amalga oşira olsa, dunyo biroz yaxşi bölgan bölardi.

•  Jamiyatni mustahkamlaş. Biz qaşşoqlik va kasalliklarni tugatişi mumkin bölgan avlodga aylanişimiz mumkin. Biroq buning uçun birlaşişimiz va birgalikda harakat qilişimiz kerak. Heç bir davlat iqlim özgarişi bilan bitta özi kuraşa olmaydi. Buning uçun bizga global jamiyatni quriş kerak.