Iroq hukumati bilan birgalikda Mösulni ozod etiş amaliyotlariga kirişgan Iroq kurdlarining harbiy bölinmalari öz harakatini töxtatgan. Bu haqda kurd polkovnigi Katar Şeykxanga asoslanib "Interfaks" agentligi xabar berdi.
U "kurdlar özlari egallagan pozitsiyani mustahkam tutib turişi" haqida ma'lum qilgan.
Bundan oldinroq, Iroq Kurdistoni prezidenti Ma'sud Barzoniy kurd bölinmalari Mösulga yuriş çoğida 20 kv km hudud IŞIDdan ozod qilingani haqida aytgandi.
"Birinçi kungi yuriş davomida 200 kv km hududdagi 9ta qişloq nazorat ostiga olindi", - deya qayd etilgan uning bayonotida.
Bundan taşqari, Barzoniy kurdistonlik jangçilar "Arbil va Mösul oraliğidagi yölni nazorat ostiga olgani" haqida aytgan.
"Mösulga janubdan va şarqdan boşlangan yuriş Iroq xavfsizlik kuçlari bilan muvofiqlaştirilgan tarzda olib borildi: Biz Naynavani IŞIDdan birga tozalaşga kelişganmiz", deya qöşimça qilgan u.
Iroqning ikkinçi yirik şahri hisoblanmiş Mösulni IŞIDdan ozod qiliş uçun hal qiluvçi harbiy harakatlar 17 oktabrga ötar keçasi boşlandi. Quruqlikdagi amaliyotlarda Iroq hukumatining 30 minglik qöşini va kurd jangçilari qatnaşmoqda. Şuningdek, harbiy yurişni AQŞ boşçiligidagi koalitsiya hamda Turkiya samolyotlari qöllab-quvvatlab bormoqda.












