AQŞ davlat kotibi Jon Kerri Ekvador hukumatidan Julian Assanjga AQŞ prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klinton haqidagi hujjatlarni çop etişga ijozat bermaslikni iltimos qilgan. Bu haqda WikiLeaks xabar bermoqda.
Portal ma'lumotlariga köra, Kerrining Ekvador vakillari bilan uçraşuvi 26 sentabrda Kolumbiya hukumati va "Kolumbiya inqilobiy qurollangan kuçlari" (FARK) jangçilari bilan tinçlik sulhini tuziş böyiça ötkazilgan muzokaralar davomida bölib ötgan.
Oktyabr boşida WikiLeaks asosçisi Julian Assanj Berlinda ötgan videoköprik davomida joriy yilning oxirigaça uçta davlat hukumatlari va saylovlar borasida "ançagina ma'lumotlarni" çop etib borişga va'da bergan.
Ayni vaqtda Klinton saylov kampaniyasi raisi Jon Podesta maxfiy maktublarining 11 qismi çop etildi.












