Xitoyda yuqori lavozimli poraxör amaldorlar hayoti haqida hujjatli serial tomoşa qilina boşlandi. Bu haqda Quartz xabar bermoqda.
"Hamişa yölda" deb nomlangan serialda 8 ta seriya bölişi rejalaştirilmoqda. Serial CCTV davlat telekompaniyasi tomonidan işlanmoqda. Serialning "Xalq qöllab-quvvatlovi" deb nomlangan 1-seriyasi 17 oktabrda namoyiş qilingan. Seriya boşida tomoşabinlar Xitoy raisi Si Tszinpinning yangi yil murojaatini körişlari mumkin bölgan. Bu murojaatda Xitoy yetakçisi kommunistlarni intizomga rioya qiliş va korrupsiya bilan ayovsiz kuraşişga çorlaydi.
Bu seriyada şuningdek Xitoy Kompartiyasi markaziy qömitasi siyosiy byurosining sobiq a'zosi Çjou Yunkan ustidan sud jarayoni lavhalari körsatildi. Serialning qolgan vaqtida esa öz jinoyatlari haqida sözlab beruvçi uç nafar korrputsiyaçining tavbasi va politsiya va partiyaning intizomni tekşiriş komissiyasi xodimlarining izohlari namoyiş qilingan. Teleserialning "qahramonlaridan" biri, Siçuan viloyati partiya qömitasi kotibi sobiq örinbosari Li Çunçen "hayot jonli efirga öxşaşligini, unda qilib bölingan işni tuzatib bölmasligini" aytadi va şundan keyin höngrab yuboradi.
Internetda serial 16 mln martadan köproq marta körilgan. Ta'kidlanişiça, köpçilik tomoşabinlar serialdan zavqlanganlar. Tomoşabinlardan biri "Xitoy partiya idoralari qanday muşkul iş olib borayotganini öz közi bilan körganini va ularning boddxisatvaning (Budda bölişga qaror qilgan kişi) yaxşiligi kabi ezgu işlarini his qilganini" aytgan. Serial Xitoy kommunistik partiyasi markaziy qömitasining 18-çaqiriq 6-plenumi oldidan namoyiş qilina boşlandi. Bu plenum 24-27 oktabrda bölib ötadi.
Xitoy raisi 2012 yilda hokimiyat tepasiga kelgandan keyin mamlakatda katta kölamli aksilkorruptsion kampaniyani boşlagan. "Kuraş "paşşalar" (mayda poraxörlar) va "yölbarslar"ga (yirik poraxör amaldorlar) qarşi olib borilişi lozim", deb aytgan Si Tszinpin.












