AQŞ prezidentligiga Respublikaçilar partiyasi nomzodi Donald Tramp Rossiya va Amerika Qöşma Ştatlari munosabatlarini yaxşilab, IŞIDga qarşi birga kuraşsa, maqsadga muvofiq bölişini aytdi. Bu haqida RIA "Novosti" xabar berdi. 

"Men Putin bilan şaxsan taniş emasman, lekin u men haqimda yaxşi gaplar gapirgan", - dedi Tramp Las-Vegasdagi (Nevada ştati) uçinçi teledebatlar çoğida. "Agar Rossiya va AQŞ bir yoqadan boş çiqarib, IŞIDga qarşi birgalikda kuraşsa, juda yaxşi bölardi", - qöşimça qildi Tramp. 

Uning fikriça, AQŞ va RFning muammosi şundaki, Putin na Oq uyning hozirgi rahbari, na Hillari Klintonni hurmat qiladi. "Men körganlarning barçasi uni hurmat qilmaydi", - dedi Tramp öz raqibiga işora qilib. 

Avval xabar berilganidek, Nevada universitetida Hillari Klinton va Donald Trampning uçinçi televizion debatlari bölib ötdi. Bu AQŞ prezidentligiga nomzodlarning saylovdan oldingi sönggi marta yuzma-yuz uçraşişidir.