Mustaqil huquqni himoya qiliş taşkiloti Amnesty International Facebook kompaniyasi  messenjer xizmatlarining himoyalanganligini yuqori baholadi. Unga köra, WhatsApp va Facebook Messenger eng kuçli himoyalangan messenjerlar hisoblanadi, deyiladi taşkilot hisobotida. 

Huquq himoyaçilari özlarining tadqiqotlarida 11ta yirik internet kompaniya ilovalarining maxfiylik mexanizmlarini örganib çiqişgan.
 
Taşkilot, xizmatlarning end-to-end-şifrlaş, mijozlarni xavfdan ogohlantiriş, tahdidli yozişma, hukumat sörovlariga javob beriş kabi jihatlariga e'tibor qaratgan.

Natijaga köra, Facebook Messenger, WhatsApp, iMessage, FaceTime va Telegram yetakçi messenjerlar unvonini qölga kiritgan. Amnesty International nuqtai-nazaridan Snapchat, BlackBerry, WeChat va QQ eng yomon himoyaga ega xizmatlardir.