Filippin respublikasi, prezident Rodrigo Dutertening Qöşma Ştatlar bilan xayrlaşiş vaqti kelgani xususida bergan bayonotiga qaramay, AQŞ bilan savdo va iqtisodiy aloqalarga çek qöyiş niyatida emas.
 
Bu haqda, Filippin savdo vaziri Ramon Lopes ma'lum qildi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi. 

«Iqtisodiy aloqalarga kelsak, biz AQŞ bilan savdo va investitsiyalarni töxtatmaymiz», — degan Lopes, Filippin davlat rahbari sözlarini izohlar ekan. 

Avval xabar berganimizdek, Filippin prezidenti Rodrigo Duterte Xitoyga taşrifi çoğida uning mamlakati AQŞ bilan «xayrlaşadigan vaqt» kelganini qayd etgan edi.

Şundan söng, AQŞ Davlat departamenti Filippin prezidentining munosabatlarni uziş töğrisidagi bayonoti nimani anglatişi yuzasidan izoh talab qilişini bildirgandi.