Britaniyaning Channel 4 telekanalida faoliyat yurituvçi yangiliklar boşlovçisi Fotima Manji musulmonlarga qarşi ov mavsumining boşlanişidan ogohlantirdi. U Matbuot standartlari mustaqil taşkilotining (IPSO) The Sun sobiq boş muharriri Kelvin Makkenziga qöyilgan ayblovning qaytarib olinişiga doir qaroriga şu tarzda munosabat bildirdi. Bu haqida The Guardian xabar berdi.
Makkenzi Nitstsadagi teraktga bağişlangan körsatuvda boşlovçining hijobda paydo bölişini noörin, deb hisobladi va bu mavzuda The Sun'da tanqidiy maqola çop etdi. 19 oktabr kuni IPSO boş muharrirning öz fikrini erkin bildiriş huquqiga ega ekanligini ma'lum qildi.
Boşlovçi professional taşkilot qaroridan norozi ekanligini yaşirib ötirmadi. Uning fikriça, IPSO irqiy kamsitişga yöl qöymoqda. "Makkenzining terakt sodir etgan kişiga mening munosabatim haqida istagan gapni yozişi yoki taxmin qilişi boşqalarning ham hujumga tayyor ekanligidan dalolat beradi", - dedi u.
Makkenzining maqolasi 18 iyul kuni, Nitstsa teraktidan bir neça kun ötib tabloid sahifalarida paydo böldi. Muallif "musulmon kişisi tomonidan amalga oşirilgan yana bir dahşatli jinoyatni" hijob öragan qiz yoritganini noörin, deb hisoblagandi. Öşanda jurnalistlar The Sun naşrini qat'iy tanqid ostiga olişgandi.












