The Times of Israel xabariga köra, Xatib Yosinning nomzodini körsatgan «Qöşma röyxat» alyansi parlamentda 15ta örinni qölga kiritib, saylovda uçinçi örinni olgan.

55 yoşli muslima bunga qadar mamlakat şimolidagi, 70 foiz musulmonlar yaşaydigan Yafa an-Nasariyya şaharçasida jamoatçilik markazi rahbari sifatida işlab kelayotgan edi.

«Qöşma röyxat» alyansining saylovoldi roliklaridan birida Imon Xatib Yosin ayniqsa ayollar huquqlari va yoşlar masalalariga jiddiy e'tibor qaratişini ta'kidlagan.

Foto: Ahmad Gharabli / AFP

Bölajak deputat Hayfa universitetida Ijtimoiy iş yönalişida bakalavr darajasini olgan. Uşbu universitet – Isroil OTMlari orasida arab talabalarning uluşi eng köp universitet (40dan yuqori) sanaladi.

Xatib Yosin magistr darajasini xotin-qizlar masalalari yönalişida Tel-Aviv universitetida olgan.

U 2019 yil aprel va sentabr oylaridagi saylovlarda ham Knesset deputatligiga da'vogarlik qilgan, bu urinişlari muvaffaqiyatsiz çiqqandi.

Netanyaxu partiyasi yana köpçilik örinni egallay olmadi

Foto: Reuters

2 mart kungi saylovda, 99,9 foiz byulletenlar sanab çiqilganidan keyingi holatga köra, boş vazir Binyamin Netanyaxuning partiyasi – «Likud» 36ta ovoz bilan ğalaba qozongan bölsa-da, hukmron partiya maqomiga ega çiqa olgani yöq.

120ta öringa ega bir palatali Knessetda nazoratni qölga oliş uçun kamida 61ta örinni egallaş talab etiladi.

«Köklar va oqlar» alyansi («Kaxol-lavan») 33ta örin, «Qöşma röyxat» alyansi 15ta örinni band etdi. Yakuniy natija bugun, 5 mart kuni e'lon qilinişi kutilyapti.

Eslatib ötamiz, 2019 yil aprel va sentabr oylaridagi saylovdan keyin parlamentda hukumat koalitsiyasini tuzişga muvaffaq bölinmagan edi. Bunday holat mamlakatning 72 yillik tarixida ilk bor yuzaga kelgan.