Lotin Amerikasining bir neça yuz professional masxarabozlari butun dunyo böylab masxaraboz kiyimida odamlarga hujum qiliş ommalaşganini qoralab çiqdilar va bu artistlarning imijiga ziyon yetkazişini aytdilar.
Mexikoda har yili bölib ötadigan masxarabozlar yiğilişi iştirokçilari namoyiş ötkazişgan va unda "Biz masxarabozlarmiz, qotillarmasmiz!", degan şiorlarni hayqirganlar.

"Biz masxarabozlar yaxşi odamligimizni va öz işimizni professional darajada qilişimizni körsatmoqçimiz", deb aytdi Reuters axborot agentligiga Xoy Xoy laqabli masxaraboz.
"Lotin Amerikasi masxarabozlari birodarligi" uyuşmasi prezidenti Tomas Moralesning aytişiça, agar odamlar yangiliklarda yomon masxarabozlarni körsalar, ular maçete yoki töpponça olib, masxarabozlarni öldirişga borişlari mumkin.
Oxirgi oylarda dunyoning köplab davlatlarida qörqinçli masxaraboz kiyimidagi kimsalar odamlarni qörqitayotgani haqida xabarlar berilmoqda. Bunday xabarlar Buyuk Britaniya, AQŞ, Avstraliya va Braziliyadan kelib tuşgan.

Ba'zi davlatlarda şu sababli maktablar qöriqlanişi kuçaytirilgan, dökonlarda esa masxarabozlar kiyimlari va niqoblari sotilişi töxtatilgan.
Şuningdek, "Makdonalds" tamaddixonalar tarmoği ba'zi restoranlari oldida kompaniyaning ramzi bölgan masxaraboz Ronald Makdonaldning haykalini qöyişni bas qildi.












