O‘zbekiston | 19:39 / 21.10.2016
12726
2 daqiqa o‘qiladi

MSKga 3ta partiya prezidentlikka nomzodlarning hujjatlarini taqdim qildi

Foto: Kun.uz

21 oktabr kuni Markaziy saylov komissiyasiga saylovda ishtirok etayotgan uch partiya vakillari  O‘zbekiston Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlarni ro‘yxatga olish uchun hujjatlar taqdim etdi. Bu haqda «Kun»ga O‘zbekiston Respublikasiga Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi ma'lum qildi.

Dastlab «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi, ko‘p o‘tmay O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi hamda O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining vakolatli vakillari O‘zbekiston Prezidentligiga nomzodlarini ro‘yxatga olishni iltimos qilib tegishli hujjatlarni taqdim etgan. 

MSKga topshirilgan hujjatlarga siyosiy partiya yuqori organining prezidentlikka nomzod ko‘rsatish to‘g‘risidagi qarori, siyosiy partiya yuqori organi majlisining prezidentlikka nomzod ko‘rsatish to‘g‘risidagi bayonnomasi, prezidentlikka nomzodning o‘z nomzodi ovozga qo‘yilishiga rozi ekanligi to‘g‘risidagi arizasi va prezidentlikka ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzo varaqalari ilova qilindi.

Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni 1 hafta mobaynida tekshirib chiqadi va ularning qonunga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi.

Hozirgi kunda Markaziy saylov komissiyasida imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirish bo‘yicha ekspertlar guruhlari tashkil etilgan bo‘lib, ularning tarkibida MSK a'zolari, jamoat tashkilotlarining vakillari, ichki ishlar, adliya organlarining mutaxassislari faoliyat yuritmoqda.

Komissiyada imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirish bo‘yicha ekspertlar guruhi tashkil etilgan bo‘lib, uning tarkibiga komissiya a'zolari, jamoat tashkilotlarining vakillari, ichki ishlar, adliya idoralari mutaxassislari kiritilgan.

Mavzuga oid