Amerikaning Time Warner va AT&T kompaniyalari boş menejyerlari özaro uçraşuv ötkazişgan. Unda turli xil biznes-strategiyalar, şu jumladan kompaniyalarning birlaşişi ham muhokama qilingan. Bu haqda, Bloomberg agentligi öz manbalariga tayangan holda xabar qilmoqda.
Norasmiy holatda taşkil etilgan muzokaralar, hozirça, aniq bir bitim uçun şaroit yaratiş emas, kompaniyalar örtasidagi munosabatlarni barpo etiş xususida bormoqda. Tomonlarning heç biri ehtimoliy kelişuv uçun moliyaviy maslahatçini yollamagan.
Xabarlarga köra, kompaniyani sotiş fikri va taşabbusini Time Warner boş direktori Jyeff Beuks bildirgan. U 2014 yilda direktorlar kengaşi bilan birga kompaniyani 21st Century Fox tomonidan media kompaniyani xarid qilişga oid taklifni rad etgan edi. Öşanda Time Warner 75 mlrd AQŞ dollariga baholangandi.
May oyida Apple kompaniyasi ham Time Warner media kompaniyasini xarid qilişga qiziqiş bildirgandi.












