Singapur sudi fuqarolik işlari böyiça mahkama jarayoniga WhatsApp messenjeri orqali çaqirişga ruxsat berdi.

Şahar mamlakatda çop etiladigan The Straits Times gazetasining yozişiça, yaqinda R&D Pharmaceuticals kompaniyasining zayom olgan xususiy şaxsga şunday murojaat qilgani röyxatga olingan. 

Sudlanuvçi Tan Çong Minga körsatilgan manzil böyiça bir neça bor odatdagi usulda çaqiruv maktubini topşirişga muvaffaqiyatsiz urinişgan. Şundan söng, WhatsApp messenjeri orqali xabarnoma yuborilgan. Natijada sudga ogohlantiriş maktubi oluvçiga yetkazilgani xususida hisobot topşirilgan. 

Singapur Oliy sudi şu yilning may oyida fuqarolik işlari böyiça ogohlantiriş maktublarini elektron poçta manziliga yuborişga ruxsat bergan edi.