Şvetsiyaning pivo işlab çiqaruvçi St. Erik’s Bryggeri kompaniyasi dunyodagi eng qimmat çipslar işlab çiqardi. Bu çipsning 5 donasi 499 kron (56 dollar) turadi. Çipslar 5 ta donadan qilib original qutida sotilmoqda va özgaça, betakror ta'mga ega. Bu haqda Profibeer xabar bermoqda.

Eksklyuziv gazak kartoşkaning eng qimmatbaho turidan Şvetsiyaning qarağay örmonlaridan olingan Matsutake qöziqorini, Farer orollari suvlaridan olingan tryufel ötlari, qirol ukropi, Leksand piyozi va hind peyl-eli kabi masalliqlar qöşilgan holda tayyorlangan. Hammasi bölib çipsdan 100 quti işlab çiqarilgan. Işlab çiqaruvçining ma'lum qilişiça, çipslarni sotişdan tuşgan mablağlar xayriya maqsadlariga sarflanadi.












