26 oktabr, çorşanba kuni Nyu-Yorkda Microsoft kompaniyasining kuzgi taqdimoti bölib ötadi. Uşbu taqdimotda kompaniyadan yangi qurilmalar va dasturiy ta'minot bilan boğliq qanday yangiliklarni kutiş mumkin? "Layfxaker" şular haqida söz yuritdi. 

Microsoft Surface PC monobloki

Tarmoqdagi ommaviy axborot vositalari Microsoft kompaniyasi Surface liniyasidagi yangi qurilma - monoblokli personal kompyuter ustida işlayotganiga şubha qilişmayapti. Manbada ta'kidlanişiça, bu sensor noutbuk yoki planşet-transformer emas, "hammasi bittada" bölgan töliq hajmda işlovçi stansiyadir. Asosan  ekran diagonallari 21, 24 va 27 dyuym bölgan uç modifikatsiya haqida söz yuritilmoqda.

Surface PC haqida bir neça yildan beri gapirilmoqda. Tez orada qurilma keng ommaga taqdim qilinadi çoği. Monoblokli PK bilan bir töplamda taqdim qilinadigan yangi klaviaturaning tarqalgan suratlari bunga bilvosita dalil böla oladi. 

Klaviatura kulrangda bölib, kompyuterga energiya tejovçi Bluetooth 4.0 Low Energy orqali ulanadi. Yaqinda xakerlar simsiz manipulyatorlardan ma'lumotlarni "ilib oliş"ni örganib olişdi. Bunga javoban Microsoft kompaniyasining xavfsizlik böyiça xodimlari yangi AES-şifrlaş algoritmini va'da qilişdi. 

Nihoyat, sönggi paytlarda Microsoft deskpotlarga jiddiy qiziqib qoldi. Ikki oy avval redmondçilar modulli stol kompyuteriga patent buyurmasini berişgan. Şunisi qiziqki, bu kompyuterning qismlarini qiyinçiliksiz olib, özgartiriş mumkin ekan. 

Patentdan real mahsulotgaça ança iş qilinişi kerak, albatta, lekin Microsoft'ning niyati ayon böladi. 

Windows 10'ni yangilaş

Hoynahoy, Microsoft kompaniyasi Windows 10'ning universal kross-platformali xususiyati haqida yana bir bor söz oçiş imkonini qöldan boy bermasa kerak. Ehtimol, bizga begona işlab çiqaruvçilarning telefon yoki noutbuklarini namoyiş qilişar. 

Şu bilan birga kompaniyada dasturiy ta'minotni yangilaşga tayyorlanişmoqda, ularning relizi keyingi yilga möljallangan. Yodingizda bölsa, avgust oyida foydalanuvçilar "Redstone 1" kod nomi ostida Windows 10 Anniversary Update paketiga ega bölişgan edi. U bir neça jiddiy özgarişlarga olib keldi.

"Redstone 2" haqida hali köp ma'lumot yöq. U 2017 yilning may oyida yangi taçpad işoralari, tahrirlangan "Kamera" dasturi va kompyuter ekranlaridan uy uçun HomeHub aqlli boşqaruv muhiti bilan birgalikda namoyiş etilişi kutilmoqda.  

HomeHub uy yordamçisi

HomeHub uy yordamçisi — Amazon Echo uslubidagi dinamik yoki yangi çiqqan Google Home analogi tadbir bezagi bölişi mumkin.

Yordamçi öz analoglari kabi savollarga javob beradi, bajarilişi kerak bölgan işlarni eslatadi va maişiy texnika bilan boğliq oddiy harakatlarni amalga oşiradi. Gadjyet telefonlar va kompyuterlar (Windows 10) bilan ham döstlaşib oladi, albatta va ular orqali mediafayllarga (suratlar, musiqa yoki bulutli hujjatlar) kirişni amalga oşiradi. Raqobat qizğin bölişi barçaga ayon, bu yangilikka bölgan qiziqişni yanada kuçaytiradi. 

Yangi Surface Pro 4 va Surface Book

Ekspertlar 26 oktabrda yangi Surface Pro planşeti yoki Surface Book leptopining keyingi avlodi namoyiş etilişiga işonişmaydi. Qurilmalar keyingi yilning bahorida taqdim etilişi kutilmoqda. 

Microsoft Surface Pro 4

Qurilmalar Kaby Lake tasnifidagi eng yangi protsessorga ega bölişi ehtimoli yuqori. Eslatib ötamiz, bu - Intel Core i3, i5 va i7 protsessorlarining yettinçi avlodi. Issiqlik kamroq ajraladi, nisbatan yuqori takt çastotasi va yuksak samarali grafika - hammasi odatdagidek, lekin savdoni rağbatlantiriş uçun şuning özi yetarli. 

Win32 öyinlari Windows Store'ga kelib tuşadi

Umuman olganda, bu yangilik emas, çunki ilk Win32-dasturlar allaqaçon Windows Store ilovalar dökoniga joylaştirilgan. 

Faqat bir narsa  noaniq: Microsoft rahbarlari e'tiborni aynan öyinga qaratişadimi yoki uni çetlab ötişadimi? Funktsiya qiziqiş uyğotadi, ayniqsa, Surface PC anonsi kutilayotgan bir paytda. 

Microsoft Win32 klassik öyinlar işlab çiqaruvçilari bilan uzviy hamkorlik qiladi. Şunday ekan, Windows Store'da Age of the Empires yoki The Settlers paydo bölsa ajabmas.

Taqdimotda Microsoft Band bilakuzuklari va Surface Phone telefonlari bölmaydi. Surface Phone telefonlari 2017 yilning oxiri yoki 2018 yilning bahorida namoyiş etilişi taxmin qilinmoqda.