Özbekiston Xalq demokratik partiyasidan Özbekiston Prezidentligiga nomzod Hotamjon Ketmonov öz ma'ruzasida qöşni mamlakatlarga nisbatan oçiq va pragmatik siyosat yuritiş muhimligini ta'kidlab ötdi. Ma'ruzaning töliq matni partiya rasmiy saytida çop etildi.
«Qöşni mamlakatlarga nisbatan oçiq va pragmatik siyosat yuritiş, ular bilan savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda özaro manfaatli va foydali hamkorlikni rivojlantiriş, mintaqadagi ekologik vaziyatni yaxşilaş, Markaziy Osiyodagi transçegaraviy daryolar suv resurslaridan oqilona foydalaniş masalalari böyiça xalqaro taşabbuslarni ilgari suriş borasidagi sa'y-harakatlarni izçil davom ettiriş nihoyatda muhim masaladir», — dedi u öz çiqişida.
«Taşqi siyosiy faoliyatning muhim vazifasi bu Özbekistonning mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlaş vazifalarini hal etişdagi faol va taşabbuskor iştirokidir. Uşbu maqsadlarda Markaziy Osiyo mamlakatlari, dunyoning boşqa davlatlari, nufuzli xalqaro taşkilotlar bilan terrorizm, ekstremizm, narkotrafik, odam savdosi va boşqa tahdidlarga qarşi kuraş masalalari böyiça hamkorlik munosabatlarini rivojlantiriş va kuçaytiriş zarur», — qöşimça qildi Hotamjon Ketmonov.












