Özbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengaşi raisi, Özbekiston Prezidentligiga partiyadan nomzod Hotamjon Ketmonov öz ma'ruzasida saylovoldi dasturining asosiy holatlari yuzasidan ma'lumot berdi. Ma'ruzaning töliq matni partiya rasmiy saytida çop etildi.
U aholi bandligini ta'minlaş tizimini doimiy takomillaştirib boriş zarurligini qayd etib ötgan.
«Biz uçun asosiy ustuvor yönaliş, avvalambor, aholining davlat va jamiyat tomonidan qöllab-quvvatlaşga ehtiyojmand qatlamlari manfaatlarini himoya qilişga qaratilgan kuçli ijtimoiy siyosatni yuritişdan iboratdir. Bu mehnatga layoqatli kişilarning munosib haq tölanadigan iş örinlariga ega bölişini, fuqarolarning şaxsiy taşabbuskorligi va işbilarmonligi qöllab-quvvatlanişi va rağbatlantirilişini, yoşlarga, ularning ijtimoiy kelib çiqişidan qat'iy nazar, kasb tanlaş, ta'lim oliş va öquv muassasalarini bitirgaç, albatta iş örniga ega bölişlari uçun adolatli, teng va ijtimoiy jihatdan maqbul şart-şaroitlar yaratilişini, pensionerlar, nogironlar, ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar va aholining mehnatga layoqatsiz boşqa ijtimoiy guruhlari hayotiy ehtiyojlari töliq qondirilişini kafolatlovçi pensiya ta'minoti va ijtimoiy nafaqalarning samarali tizimi şakllantirilişi bilan boğliq masalalarni qamrab oladi», — dedi siyosatçi.
Şundan söng u bunday maqsadlarni samarali amalga oşirişda ustuvor hisoblanuvçi yönalişlarga töxtalib ötdi:
«Birinçidan, aholi bandligini ta'minlaş tizimini doimiy takomillaştirib boriş zarur. Xususan, mehnat bozoridagi talab-taklifni töliq hisobga oliş, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş dasturlarini tuzişda hududning joriy va istiqboldagi rivojlaniş yönalişlarini aniqlaştiriş, kasb-hunar kollejlari yönalişlarini belgilaşda taşkil etilayotgan korxona va tadbirkorlik sub'yektlarini kadrlarga bölgan ehtiyojini hisobga oliş lozim. Bundan taşqari, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni amalga oşiriş davomida barqaror iş örinlarini yaratiş körsatkiçlari mazkur dasturlarning muhim mezonlaridan biri bölişiga erişiş kerak. Uşbu maqsadda, avvalambor, munosib iş haqi tölanadigan barqaror iş örinlarini taklif etayotgan korxonalarda, xususan, yuqori texnologik tarmoq korxonalari, xizmat körsatiş va servis sohasida mehnatga layoqatli aholi bandligini ta'minlaş böyiça sa'y-harakatlarni faollaştiriş lozim».
«Bu yönalişdagi yana bir muhim masala mehnatga layoqatli aholini iş bilan ta'minlaş, bir martalik vaqtinça iş bilan band bölgan şaxslar mehnat faoliyatining qonuniy asoslarini takomillaştirişdir», — qöşimça qildi Hotamjon Ketmonov.
Hotamjon Ketmonov kam ta'minlangan oilalarni manzilli ijtimoiy himoyalaş siyosatini izçil davom ettiriş lozimligini qayd etib ötgan.












