Rossiyaning Suriyadagi vazifasi bu davlatni terrorçilik taşkilotlaridan ozod qiliş va uning parçalanib ketişiga yöl qöymaslik hisoblanadi, deb aytdi Rossiya prezidenti Vladimir Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
"Vaqtinçalik joylaşiş bazasi – bu maqsad emas, balki maqsadga erişiş uçun vosita. Maqsad esa prezident tomonidan aytilgan – bu Suriyaning qonuniy hukumatiga terrorçilikka, IŞID va boşqa terrorçilik taşkilotlariga qarşi kuraşda yordam berişdir", deb aytdi Peskov 22 oktabrda Rossiya televideniyesiga bergan intervyusida.
"Suriya hududini ozod qiliş kerak. Va davlat qandaydir hosila hududlarga bölinib ketişiga qarşilik körsatiş uçun barça işni qiliş zarur. Çunki bu butun mintaqa uçun falokatli oqibatlarga olib kelişi mumkin", deb aytdi Peskov va yaqin orada Suriya ixtilofini hal qilişning istiqbollarini körmayotganini qöşimça qildi.
Peskovning fikriça, faqat ikki yöl bor: yo Damaşqda Başar Asad ötiradi, yo "Jibhat an-Nusra". "Uçinçi variant mavjud emas. Va siyosiy tartibga solişga çiqiş uçun Damaşqda Asad ötirişi lozim", deb ta'kidlab ötdi Peskov.
Uning aytişiça, agar Damaşqda hokimiyatni terrorçilar egallaydigan bölsa, unda ixtilofning heç qanday siyosiy tartibga solinişi bölmaydi. "Unda bu terrorçilar heç qanday egalariga, qöğirçoq öynatuvçilariga quloq solmaydi. Unda qoçqinlarning yangi oqimlari, Kanndagi yangi yuk maşinalar va şunga öxşaş voqealar yana boşlanadi, Xudo körsatmasin", deb öz sözlarini intiholadi Peskov.












