Suriyalik jangarilar Şarqiy Halab aholisidan savdo buyumi sifatida foydalanişmoqda. Ular halabliklarni tibbiy yordam evaziga qöyib yuborişga rozi bölişdi. Bu haqida Jyeneva muzokaralariga yaqin manbaga asoslanib, NTV xabar berdi. 

Manbaga köra, Xalqaro Qizil Xoç bir neça kundan beri bemorlar va jarohat olganlarni şahardan olib çiqişga urinmoqda - bu kamida bir neça yuz kişini taşkil qiladi. Biroq terrorçilar Şarqiy Halabga dori-darmon yetkazib, jangarilarga tibbiy yordam körsatilgan taqdirdagina tinç aholini qöyib yuborişga tayyor ekanliklarini ma'lum qilişdi. 

Jangarilar aholiga tahdid qilişda davom etişmoqda. Ular ekstremistlarni Halabni tinç qöyişga çaqirgan  mahalliy masjid imomini qatl qilişdi. 

Bundan taşqari yana köplab kişilar jarohat oldi. Şahar aholisi ularni gumanitar yölakdan çiqarib yuborişni talab qilganida, jangarilar ularga qarata öq oçgan.