«Raqamli işonç» raqamli iqtisodiyotni rivojlantirişni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi “Bir qişloq – bir mahsulot” tamoyili asosida intellektual rivojlangan infratuzilma ilk loyihasini işga tuşirmoqda.
Loyiha qişloqlarda kiçik intellektual-işlab çiqariş va avtonom infratuzilmalarni qurişni közda tutib, ular quyoş kollektorlari, issiqxona va baliq jöjaliklari, suv ta'minoti tizimlarini öz içiga oladi.
Loyihani Jizzax viloyatining Mirzaçöl tumanida joylaşgan Paxtazor qişloğida amalga oşiriş rejalaştirilgan.
Yaratiladigan infratuzilma zaxiralarni tejaş va yuqori sifatli ekologik toza mahsulotlarni oliş uçun mavjud texnologik yeçimlardan maksimal foydalanadi.
Fermer xöjaligini rivojlantirişni qöllab-quvvatlaş maqsadida yagona onlayn-portal işlab çiqilib, unda fermerlar öz tajribalari bilan örtoqlaşişi hamda butun dunyodan mutaxassislar maslahatlarini olişlari mumkin böladi.
Portal, şuningdek, mahsulotni onlayn-rejimda sotiş imkoniyatiga ega qişloq xöjalik-marketpleys vazifasini bajaradi. Bu esa mijozlarni izlaş jarayonini ança optimallaştirişga imkon beradi.
Jamğarma şu maqsadda investorlarni hamkorlik qilişga taklif qiladi va bepul huquqiy kömak körsatişga va'da beradi. Şuningdek, jamğarma quyidagilarda ham amaliy yordam körsatadi:
1. Texnologiyalarning xususiyatlari va ustunliklari haqida ma'lumot oliş.
2. Şartnomalarni tayyorlaş, ruxsat beruvçi xarakterdagi hujjatlarni oliş.
3. Söralayotgan hudud va infratuzilma uçun barça hisob-kitoblarni amalga oşiriş.
4. Uskunalarni yetkazib beriş va örnatiş.
Taklif qilinayotgan loyihalar bilan Loyiha boşqaruvi milliy agentligi saytida batafsil tanişiş mumkin.











