Sönggi yillarda aholining uy-joylarga bölgan ehtiyojini qondiriş maqsadida hukumat tomonidan köplab qarorlar qabul qilindi, dasturlar amalga oşirildi. Natijada, qisqa vaqt içida yangi, zamonaviy uy-joylar qad rostladi, ularning soni oşib, şahar va qişloqlar qiyofasi yangilandi. Ammo sifati-çi?

Yangi uy-joylarning quriliş işlari soha mutaxassislariga topşirilganmi, ular sifatli bajarilyaptimi? Bu uy-joylarga köçib ötgan odamlar uzoq yillar davomida barça qulayliklardan bahra olib, bemalol va xavfsiz yaşaş imkoniyatiga ega böladilarmi? Bu savollar yaqin yillarda kun tartibidan örin olsa ajab emas. Har bir sohada son ortidan quviş har doim sifat pasayişiga olib kelgan. Quriliş sohasidagi sifatsiz işlarga esa e'tiborsizlik qilib bölmaydi, çunki bu odamlar hayoti xavfsizligi bilan çambarças boğliq.

Bu maqolada sifatsiz qurilgan va yaşaş uçun xavfli bölgan uylar haqida söz yuritamiz.

2013 yilda Desert Oazis qöşma korxonasi tomonidan Urganç şahrida 16 va 32 xonadonli qöpqavatli uylar qurilişi boşlanadi. Köplab fuqarolar bu uylarni öz mablağlari va bank krediti hisobiga xarid qilişadi. 2014 yilda quriliş işlari yakunlangan.

Biroq uylar egalariga içki qismi töliq ta'mirlanmagan, çala holda topşirilgan. Pudratçi taşkilot Desert Oazis buni smeta xarajatlari oşib ketişi va pul mablağlari tugab qolişi bilan izohlagan. Natijada, fuqarolar uylarni öz hisobidan katta mablağ evaziga ta'mirlab olişgan. Keyin esa pudratçi taşkilotni sudga berişgan. Sud taqriban 304 million sömlik iş sifatsiz bajarilganini, qöşib yozilganini aniqlab, fuqarolarga kompensatsiya undirib bergan. Uy egalarining sözlariga köra, bu sarflangan mablağlarning taxminan 1/10 qismini taşkil etgan, xolos.

Ammo bu mojarolar keyinroq aniqlangan kamçiliklar oldida holva edi.

Öz mablağlari hisobiga Ğalaba köçasidagi 10-uydan xonadon sotib olgan Örozgul Abdrimova bu işidan 6 yildan beri afsuslanmoqda. Uning sözlariga köra, bu uylarda yaşaş inson hayoti uçun xavflidir.

«145 million sömga şu uydan xonadon sotib oldim. U ta'mirlanmagan 4ta devordan iborat edi. Juda sifatsiz qurilgan uyni öz hisobimdan ta'mirladim, hatto oyna va eşiklarigaça almaştirdim. Ammo ta'mirlaş jarayonida bundan ham qörqinçli kamçiliklar borligi ma'lum böldi: uyning asosiy devorlari örtasiga bir qator ğişt terilmay, ğovak holda qoldirilgan. Böşliqlar esa quriliş çiqindilari bilan töldirilgan. Şunda bu uyda yaşaş nafaqat noqulay, balki xavfli ekanini ham bildik. Uy sotib olaman deb, afsuski boşimga ğavğo orttirgan ekanman», - dedi Örozgul Abdrimova.