Angliya çempionatining 9-turida peşqadam jamoalardan yana biri ğalaba qozona olmadi. «Sauthempton»ni öz maydonida qabul qilgan «Mançester Siti» 1:1 hisobidagi durangni qayd etdi.
Öyinning 27-daqiqasida mezbonlar himoyaçisi Jon Stounz darvozabonga pas berişda xato qildi va töpni egallab olgan mehmonlar hujumçisi Natan Redmond osonlik bilan darvozani işğol qildi.
Ikkinçi bölimda Gvardiola jamoa yetakçisi Kevin de Bryuynening örniga Ixeanaçoni tuşirdi va aynan u 55-daqiqada hisobni tenglaştirdi. Hisob özgarmadi va mezbonlar bir oçko bilan kifoyalandi.
Qayd etiş kerakki, «Mançester Siti» qatorasiga 5 öyinda ğalaba neligini bilmayapti. Jamoa bungaça YeÇL doirasida bir durang va bir mağlubiyat qayd etgan, APLning avvalgi turlarida ketma-ket 2ta durang qayd etgandi.
Endilikda jamoa 20 oçko bilan turnir jadvalida birinçi bölib turibdi. Ikkinçi va uçinçi örinlardagi «Arsenal» hamda «Liverpul» jamoalarida ham şunçadan oçko, faqat «şaharliklar»da töplar nisbati yaxşiroq.
Mançester Siti – Sauthempton 1:1
Gollar: 0:1 – 27 Redmond, 1:1 – 55 Ixeanaço.
Mançester Siti – Bravo, Kompani (Navas, 78), Stounz, Kolarov, Sane, Gyundogan, Silva, de Bryuyne (Ixeanaço, 46), Fernandino, Sterling, Aguero.
Sauthempton – Forster, van Deyk, Fonte, Martina, Makkuin, Tadiç (Bufal, 70), Romeu, Redmond, Klasi (Xeyberg, 67), Devis, Ostin (Uord-Prouz, 83).
Ogohlantirişlar: Klasi (44), Kolarov (50), Romeu (52), Kompani (57), Aguero (59).












