Toşloq tuman texnazorat inspektori I.Boqijonovga traktor hujjatlarini yangilaş xarajatlari 1 mln. söm evaziga tayyor bölişini aytdi. Aslida esa hujjatlar xarajatiga 150 ming söm talab etilar edi xolos. Bu haqda “Huquq” naşri yozmoqda.
Tumandagi fermer xöjaliklaridan birining rahbari I.Boqijonov (ism-familiyalar özgartirilgan) inspektorga telefon qildi. Mahalla guzarida uçraşadigan bölişdi. Kelişilgan joyda Suratjon Jiyanov pulni olib, çöntagiga soldi. I.Boqijonov ketganidan keyin unga huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari peşvoz çiqib, özlarini taniştirişdi. Inspektor S.Jiyanovning hozirgina olgan pulni berib, qilmişiga iqror bölişdan özga çorasi qolmadi.
Sudda tasdiğini topgan holatga köra, tumanda qişloq xöjaligi texnikasi davlat inspektori lavozimida işlagan S.Jiyanov fermer xöjaligi rahbarining iltimosini yerda qoldirmay, xöjalik balansida bölgan “VT-150” rusumli traktorning texnik pasportini almaştirib, yangi davlat raqami olişi uçun ruxsat berişga 1 mln. söm pul talab qilgan edi.
Sud sobiq inspektorni 2 yil muddatga “Davlattexnazorat” inspeksiyasi idoralari tizimida işlaş huquqidan mahrum qilib, uç yil axloq tuzatiş işlari jazosini tayinladi.











