«Ozodlikni sevuvchi insonlar Bryusselni sovetlashtirishdan, bizga mamlakatlarimizda kimlar bilan yashashimiz kerakligi borasida aql o‘rgatmoqchi bo‘lganlardan qutqarishlari kerak», — deb ta'kidlagan Orban 1956 yilgi aksilkommunistik isyon xotirasiga bag‘ishlangan anjumanda. 

«Biz Yevropadagi millat emas, balki Yevropa davlati bo‘lishni xohlaymiz», — degan Vengriya bosh vaziri. Ma'lumki, u Yevroittifoqning muhojirlikka doir siyosatini keskin tanqid qiluvchi hukumat rahbari hisoblanadi. 

Orbanning fikricha, Yevropa ozodligi va erkinligi unda milliy davlatlar va nasroniy an'analar bo‘lishiga bog‘liq.