WikiLeaks taşkiloti tasdiqladiki, AQŞda saylovoldi poygasiga oid ma'lumotlar Ekvadorning Londondagi elçixonasidan taşqarida turib naşr etilmoqda. Bu haqda taşkilotning tvitterdagi sahifasi orqali ma'lum qilingan.

"WikiLeaks heç qaçon materiallarni Ekvador elçixonasi hududida naşr qilmagan va kelgusida ham bunday bölmaydi. Janob Assanj heç qaçon AQŞdagi saylovlarga oid ma'lumotlarni elçixona hududida turib tarqatmagan", - deyilgan bayonotda. Taşkilot Ekvadorda "bu holat böyiça qaysi pozitsiyani tanlaş öz ixtiyorida qolayotgani"ni ta'kidlagan. WikiLeaks tomoni Assanj AQŞ prezidentligiga nomzodlarning heç birini qöllab-quvvatlamasligini qayd etgan.

Taşkilotda ma'lum qilinişiça, AQŞdagi saylovlarga oid ma'lumotlar va boşqa hujjatlar butun dunyo böylab joylaşgan ofislar, xususan, Fransiya, Germaniya, Niderlandiya va Norvegiya kabi mamlakatlardagi markazlardan turib tarqatilmoqda.

Bundan oldinroq NBC telekanali Ekvador hukumati AQŞ talabi bilan Assanjga internetga kirişni çeklab qöygani haqida ma'lum qilgandi. Assanjning çiqişlari 15 oktabr kuni, AQŞ prezidentligiga nomzod Hillari Klintonning nutqlaridan biri tarqatilgaç, töxtab qolgandi.

Ma'lumot uçun, Avstraliya fuqarosi hisoblangan Julian Assanj maxfiy hujjatlarni çop etiş uçun yaratilgan WikiLeaks` saytining asosçisi (2006) hisoblanadi. 2010 yilda uşbu sayt AQŞ harbiylarining 2007 yilda Bağdodni vertolyotdan turib hujum uyuştirgani va 18 nafar tinç aholi vakilining ölimiga sabab bölgani tasvirlangan videolavhani oşkor qilgan edi. Sayt öşa yili AQŞning diplomatik xarakterdagi 250 mingga yaqin hujjatini çop etişni boşlagan.

U Şvetsiya tomonidan jinsiy tovlamaçilik jinoyatini sodir etganlikda ayblanmoqda. Sud Assanjni 2011 yil dekabrida sirtdan hibsga olgan. WikiLeaks asosçisi 2012 yil iyunidan beri Ekvadorning Londondagi elçixonasi hududida yaşirinib turibdi.

Assanjning özi unga nisbatan ilgari surilgan ayblovni tan olayotgani yöq. Uning sözlariga köra, agar Şvetsiya uni hibsga olsa, darhol AQŞga topşiradi, AQŞ esa Assanjni turli hukumat idoralari va xizmatlarining maxfiy hujjatlarini omma e'tiboriga havola qilib yuborgani uçun ta'qib qilmoqda.