Fransiyada neftni qayta ishlovchi Total kompaniyasining zavodida portlash yuz berdi. Oqibatda 5 kishi jarohat olgan, deb xabar bermoqda Normandie Actu portali.
Voqea Gonfrevil-l'Orshe kommunasida yuz bergan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, portlashga ochiq gaz quvurida ish olib borilayotganda gazning sizib chiqishi sabab bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, ayni vaqtda voqea joyida o‘t o‘chiruvchilar ish olib bormoqda.









