Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tabloidlar Mourino Runini jamoadan ketkazmoqchi ekani haqida xabar topdi
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino jamoa hujumchisi Ueyn Runiga o‘ziga yangi jamoa topishni maslahat bergan. Bu haqda The Sun tabloidi xabar tarqatdi.
Manbaning yozishicha, portugaliyalik murabbiy futbolchi bilan suhbat o‘tkazgan va unga asosiy tarkibdan joy hamda doimiy o‘yin amaliyotini kafolatlamasligini ta'kidlagan.
Runi APLning 9-turi doirasida «Chelsi»ga qarshi o‘tkazilgan o‘yin qaydnomasiga kiritilmagandi. Ueynning mazkur o‘yinda ishtirok etmaganiga rasmiy sabab sifatida uning jarohat olgani aytildi.
Runi ushbu mavsumda barcha turnirlar doirasida 8ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va 4ta golga assistentlik qildi.
2004 yilda mankunianliklar safiga «Everton»dan kelib qo‘shilgan futbolchining jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilgacha tuzilgan. Portugaliyalik murabbiy 2016 yilning 27 mayida «Manchester Yunayted» boshqaruvini qabul qilib olgandi.
Mavzuga oid
12:13 / 16.11.2021
«Roma»dagi asosiy maqsad, Mourinoning boshqalardan farqi, «Paxtakor»ga o‘tmagani, Babayan, Kuper, Abramov va Katanets davri taqqosi – Shomurodov bilan intervyu
08:11 / 30.09.2020
Mourino-Lempard tortishuvi. Murabbiylar vaziyatga izoh berishdi
23:01 / 25.03.2019
Mourino Chempionlar Ligasi finalchilarini taxmin qildi
19:16 / 15.07.2017