Tailandda bozorda sodir etilgan portlaş oqibatida bir kişi halok böldi, yana 19 kişi yaralandi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Ta'kidlanişiça, hujum Pattani şahrida amalga oşirilgan.
"Portlovçi qurilma lağmon sotiladigan rasta yonida harakatga keltirilgan. Portlaş oqibatida bir ayol halok bölgan. Ayni vaqtda hudud közdan keçirilmoqda", deb ma'lum qilingan politsiyada.
12 avgustda Tailandning Xuaxin, Suratxani viloyatlari va Pxuket kurortida portlaşlar sodir etilgandi. Bundan oldingi kun esa Xuaxin kurortida ikkita portlaş sodir etilgan. Oqibatda 4 kişi halok bölgan.












