Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Facebook tarmog‘ida o‘z tomoshasini namoyish etadi
AQSh prezidentligi uchun kurash tobora qizg‘in tus olmoqda. Nomzodlar o‘z tarafdorlari sonini oshirish maqsadida barcha imkoniyatlardan foydalanishga urinayapti. Xususan, Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Tramp Facebook Live orqali o‘zining har kunlik tomoshasini ishga tushiradi, deb yozmoqda Wired.
Shouda Tramp kampaniyasining ikki nafar maslahatchisi — Boris Epshteyn va Kliff Sims — jurnalist ayol Tomi Laxren hamkorligida ishtirok etadi. Dasturlarda siyosatchining chiqishlari hamda ularning muhokamasi efirga uzatiladi. Shuningdek, Tramp oila a'zolari va ekspertlar tomosha mehmonlari bo‘lishadi.
Ayrim amerikalik jurnalistlarning qayd etishlaricha, bu tomosha «Tramp-TV» nomidagi telekanalning debochasi bo‘lishi mumkin. Biroq, ta'kidlanishicha, respublikachi nomzodning o‘zi bu kabi telekanalni tashkil etishga qiziqish bildirmagan.
Mavzuga oid
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
08:50 / 11.07.2026
Janubiy Koreya va AQShga noqonuniy migratsiya tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22:16 / 10.07.2026
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
11:07 / 10.07.2026