Garvard universiteti tadqiqotçilari 3D-printer yordamida birinçi çipga örnatilgan yurak yaratişdi. Bu qurilma hayvonlardan olingan tirik töqimalardan foydalanmagan holda tajribalar ötkazişga imkon beradi. Iş natijalari Nature Materials jurnalida çop etilgan. Uning videosi universitetning YouTube-kanalida joylaştirilgan.

Bosma a'zo yurak töqimasi strukturasi va funksiyalarini qaytariş uçun yarim şaffof qayişqoq polimer materialdan tayyorlangan. Loyiha uçun 6 ta rangdagi maxsus siyohlar yaratilgan, ular yordamida sun'iy yurakka mikroskopik datçiklar örnatiş mumkin. Datçiklar çipga turli dori vositalari ta'sir qilganda uning urişini qayd qila oladi.