Amerikalik qo‘shiqchi va aktyor Jastin Timberleyk saylov uchastkasida olgan selfisi uchun jazolanmaydi. Bu haqda okrug prokurori Shelbi Emi Veyrik ma'lum qildi.

U TMZ portaliga ma'lum qilishicha, na saylov komissiyasi, na kuzatuvchilar va na huquq tartibot organlari xodimlari Timberleykning harakatidan shikoyat qilgan.

Bundan oldinroq nashrlarda Jastin Timberleyk AQSh prezidenti lavozimiga muddatdan avvalgi saylov vaqtida saylov uchastkasida selfi qilish orqali Tennesi shtati qonunlarini buzgani uchun javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida xabar tarqatilgandi.