Özbekiston World Giving Index –jahon xayriya reytingida 11-öringa munosib körildi. U Charities Aid Foundation (CAF) xayriya jamğarmasi tomonidan tuzib çiqilgan.

CAF dunyoning 140 mamlakatida istiqomat qiluvçi insonlarning saxiyligi va yordamga muhtoj kişiga kömak berişga şoşilişiga oid tadqiqot ötkazgan. Bunda insonlarning turli xil xayriya loyihalariga moddiy yordam berişga tayyorligi, bepul köngilli işlar bilan şuğullanişi va şunçaki notaniş kişiga kömak berişga naqadar şayligi, xususan taom ulaşiş yoxud sönggi libosini taqdim eta olişi aniqlangan. 

CAF fondi hisobotiga binoan, Özbekiston aholisining 52 foizga yaqini turli körinişdagi xayriya aksiyalarida iştirok etadi. Şu bilan birga, mamlakat aholisining 67 foizi notaniş kişiga yordam berişga tayyor. Bu borada Iroq aholisi ikkinçi yildirki, dunyoda yetakçilik qilmoqda. Respublikaning bu boradagi körsatkiçi 16-öringa mos kelgan. 

CAF taşkilotining qayd etişiça, 62 foiz özbekistonliklar moddiy yordam berişadi (16-örin), mamlakatning 27 foiz fuqarosi köngilli işlar bilan (dunyoda 40-örin) şuğullanib turadi.

Myanma uçinçi yildirki reytingda yetakçilikni saqlab qolgan. AQŞ ikkinçi, Avstraliya uçinçi örinni egallagan. Reytingda sönggi öringa Xitoy joylaştirilgan.