Özbekiston terma jamoasining sobiq boş murabbiyi, 2011 yilgi Osiyo çempionatida terma jamoa bilan yorqin öyinlar körsatgan Vadim Abramov "Futbol Ekspress" gazetasiga bergan intervyusida ayni paytdagi holati haqida aytib ötdi.

"Yaratganga şukrlar bölsinki, yuragim bilan boğliq kasallikdan butkul xalos böldim. Rossiyada yuragimni davolatib qaytib keldim va mana endi yurtimdaman. Ayni paytda meni heç nima bezovta qilmayapti, özimni juda yaxşi his qilayapman, hammasi ortda qoldi", degan mutaxassis.

Muxbir undan murabbiylik faoliyatini davom ettiriş ehtimoli haqida söragan. 

"Albatta. Özim ham işlaşni xohlayman. Bungaça yuragim bezovta qilayotgani uçun heç qayerda faoliyat olib bormayotgandim. Endi esa soğligim yaxşilangani tufayli işlay olaman. Öz oldiga jiddiy maqsadni qöygan klubdan taklif bölsa buni öylab körişim mumkin", degan Abramov.