Bekobodlik Anvar Rahmonov (ism-familiyalar özgartirilgan) hamda Akmal Mardiyev pul topişning noqonuniy yölini tanlaşdi. Bu haqda “Huquq” naşri yozmoqda.

Ular valyuta oldi-sotdisi bilan şuğullaniş jinoyat ekanligini bilsalar-da, maqsadlaridan qaytmadilar.

Xalqimiz köza kunda emas, kunida sinadi, deb bejiszga aytmaydi. SVOJJDLQK departamentining Bekobod tumani bölimi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda A.Rahmonov va A.Mardiyev fuqaro Ş.Berdiyevga 5100 AQŞ dollarini sotayotgan vaqtda qölga olindi. Şu bilan birga, ularning yonidan sotiş maqsadida saqlab kelingan 4100 AQŞ dollari, 18 ming 100 Rossiya rubli, 67 ming 500 qozoq tengesi borligi aniqlanib, aşyoviy dalil sifatida olindi. 

Jinoyat işlari böyiça Bekobod şahar sudida mazkur jinoiy qilmiş atrofliça körib çiqildi. Valyutafuruşlar Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegişli moddalari bilan aybdor deb topildi va ularga sudning tegişli jazo tayinlaş haqidagi hukmi öqildi.