Italiyaning «Inter» jamoasi boş murabbiy Joze Mourino tomonidan «Mançester Yunayted» jamoasi asosiy tarkibidan tuşirilgan va qişki transferlar vaqtida jamoadan ketişi kutilayotgan Ueyn Runini öz tarkibiga qöşib olişi mumkin.
«Qizil iblislar» jamoasi safida 31 yoşli uşbu hujumçi oxirgi marta 18 sentabr kuni «Uotford»ga qarşi öyinda asosiy tarkibda öynagandi.
CalcioMercatoWeb ma'lumotiga köra, yuzaga kelgan vaziyatdan milanning «Inter» jamoasi foydalanib qolmoqçi. Naşrda yozilişiça, Mauro Ikardi qişda jamoani tark etsa, jamoa tajribali hujumçiga ehtiyoj sezadi.
Manbaning yozişiça, milanliklar jamoasi katta özgarişlarni amalga oşirmoqçi. Futbolçi bilan muzokaralar qişda boşlanib, 2017 yil yozida uning transferi rasmiylaştirilişi mumkin. Hozirgi jamoasi bilan amaldagi şartnomasi 2019 yilgaça bölgan futbolçining transfer qiymat 30 million yevroga baholanmoqda.
Bundan taşqari, xitoylik investorlar jamoaga «Atletiko» murabbiyi Diyego Simeoneni olib kelmoqçi.
Bundan oldingi xabarlarda «MYu» boş murabbiyi Joze Mourino Runini yanvar oyidayoq qöyib yuborişga tayyorligi haqida xabarlar berilgandi.
«MYu»da ötkazilgan 12 yilda futbolçi 532 uçraşuvda maydonga tuşgan hujumçi 246 gol urgan. U joriy mavsumda Runi 8ta uçraşuvda maydonga tuşib, bitta gol urdi va 2ta golli uzatma muallifi böldi.
Manba: Tribuna.uz












