08:15 / 28.10.2016
4536

Apple kompaniyasi sensor panelli MacBook Pro’ni taqdim qildi

Apple kompaniyasi taqdimoti doirasida sensor panelli o‘zining yangi MacBook Pro noutbukini taqdim qildi. Taqdimotni kompaniyaning rasmiy saytida ko‘rish mumkin.  

Avval chop etilgan ma'lumotlarga ko‘ra, yangi qurilma klaviaturaning yuqori qismida boshqarish uchun kichik displey olgan. Yangi funksiya TouchBar nomini oldi. Klaviaturadagi displeyning ishlashini o‘z xohishiga ko‘ra sozlash mumkin. Shuningdek, kompyuter o‘z ichiga kattalashtirilgan Force Touch tachpadini olgan.

Apple noutbuklarning ikkita versiyasini taqdim qildi: 13 va 15 dyuymli. Qurilmalar kumushrang va to‘q-ko‘k ranglarda taklif qilinadi.

Ta'kidlanishicha, 15 dyuymli noutbuk avvalgi variantidan 20 foizga yupqaroq ishlangan. 13 dyuymli noutbuk esa avvalgi variantidan 17 foizga yupqaroq va 200 grammga yengilroq bo‘lgan.

Foto: Marcio Jose Sanchez/AP
Foto: Beck Diefenbach/ReutersJose Sanchez/AP
Foto: Marcio Jose Sanchez/AP

 

Mavzuga oid
Top