Apple yana öz marketing strategiyasini özgartiriş niyatida. 2017 yilda kompaniya öz smartfonning ikkita modelini emas, balki uçta — turli ölçamlarda çiqarişni reja qilgan. Bu haqda kompaniya yetkazib beriş xizmati xodimlarining ma'lumotiga tayanib, Nikkei xabar qilmoqda.
Manbaga köra, iPhone 8 uçta şakliy omilga ega böladi: ikkitasi 4,7 dyuym va 5,5 dyuym ekranli klassik model, uçinçisining esa diagonali 5 dyuym böladi. Barça modellar alyuminiy ramka bilan öralgan şişali orqa qopqoqqa ega böladi — bu borada u iPhone 4’ni yodga solişi mumkin.
Naşr avval xabar berganidek, iPhone 8’ning 5,5 dyuymli versiyasida egiluvçan OLED displeyi örnatiladi. Bundan taşqari, Yuanta Investment Consulting tahlilçisi oktabrda yangi avlod iPhone'ning asosiy yangiligi simsiz zaryadka bölişini qayd etgan edi.
OAVda tarqalgan xabarlarga köra, Apple an'anaviy oraliq işlab çiqarişni töxtatib, iPhone 7s örniga birdaniga iPhone 8 taqdim qiladi. Avvallari bloger Jon Gruber yangi iPhone korpuslari butunlay şişadan tayyorlanişini, şuningdek, ekran ramkasi olib taşlanişini ma'lum qilgan edi.












