Moskvada şu yilning fevralida 4 yoşli qizçani öldirgani uçun qölga olingan özbekistonlik Gulçehra Boboqulovaning qonuniy vakili, yurist Aleksandr Goverdovskiyning ma'lum qilişiça, sudlanuvçi özini Özbekistonga majburiy davolaşga yuborişni söragan.
«Ammo men buning amalga oşişiga işonmayman. Qonunçilik amaliyotiga köra, Rossiyada jinoyat amalga oşirgan şaxslar şu yerda jazoni ötaydi. Agar sud prokuratura talabiga rozi bölsa, Boboqulovaga ma'lum muddatga majburiy davolaş belgilanadi. Birozdan keyin esa huquqni saqlaş organlari davolaşni davom ettiriş yoki uni töxtatiş talabini qöyadi”, deya Goverdovskiyning sözlarini keltirgan manba.
Goverdovskiyning qayd etişiça, sud materiallarida Boboqulovaning biror terrorçilik guruhi faoliyatida iştirok etgani haqida ma'lumot yöq.
Boboqulova işi böyiça keyingi sud eşittiruvi 1 noyabrga tayinlangan.
24 oktabr kuni Moskva sudi 4 yoşli bolani öldirganlikda ayblanayotgan Gulçehra Boboqulovaning işini körib çiqa boşladi. Sudlanuvçi öz aybiga töliq iqror böldi va jinoyatni qanday amalga oşirganligini aytib berdi.
Eslatib ötamiz, 29 fevral kuni Moskva şimoli-ğarbidagi yonğin yuz bergan xonadonda boşsiz qizning tanasi topildi. Oradan bir neça soat ötib «Oktyabrskoye pole» metro bekatida şu qizning enagasi, özbekistonlik 42 yoşli Gulçehra Boboqulova hibsga olindi. Uning qölida qizçaning boşi bölgan.
Guvohlarning sözlariga köra, özini portlatib yuboriş bilan tahdid qilgan ayolga qariyb 40 daqiqa davomida heç kim yaqinlaşmagan.
Ayblanuvçiga kompleks statsionar narkologiya-psixiatriya ekspertizasi tayinlandi.












