Jon Rokfeller 25 yoşida mamlakatdagi eng yirik neftni qayta işlovçi zavodlardan birini nazorat qilgan, 38 yoşida AQŞdagi neftni qayta işlaş sanoatining 90 foiziga boşçilik qilgan. 58 yoşida nafaqaga çiqayotganida u dunyoning eng badavlat kişilaridan biri bölgan. Bugungi kunda Rokfellerning iş usullari biznes-kollejlarda örganiladi, uning nomi esa köpinça kuçli bahs-munozaralarga boy böladi. Rokfeller tanqidçilar uçun raqobatni adolatsiz bostirib, monopoliyani yaratgan şafqatsiz va ziqna kapitalist hisoblangan. Boşqalar uçun esa u — neft narxi hattoki 80 foizga tuşib ketgan paytda ham pul köpaytira olgan biznes-daho. “Trendymen” naşri tarixdagi eng buyuk xayriyaparvarlardan biri qanday tamoyillarga amal qilganligi haqida ma'lum qildi.

Öz-özingizga zolim böling

Rokfellerning eng hayratga soluvçi xislati, şubhasiz,  öz-özini nazorat qila bilişida bölgan. U irodasini tinimsiz çarxlagan, özini his-tuyğulari va istaklarini boşqarişga  örgatgan, qat'iy jadval asosida işlagan hamda şu yöl bilan maqsad sari olğa harakat qilgan. U öz oldiga katta maqsadlar qöygan, söng ularni amalga oşiriş uçun maksimal darajadagi tartib-qoidaga rioya qilgan.  

Işonçli va mas'uliyatli böling

 Oddiy sotuvçining öğli Jon Rokfeller bolaligidan özini işonçli va mas'uliyatli bölişga örgatgan. U ilk iş joyini olti yil davomida Nyu-York idoralaridan izlagan. Nihoyat, iş topilganida Rokfeller paltosini yeçiboq işga kirişib ketgan. Oxir-oqibat, u bu kunni hayotidagi eng muhim kunlardan biri sifatida yodga olgan. 

Özini nazorat qiliş boşqalarni ham nazorat qilişni bildiradi

Rokfeller öz kayfiyati va yaşirin öy-xayollarini bildirmagan holatda uzoq vaqt davomida suhbatni qöllaş san'atini yaxşi egallagan. Öz korporatsiyasida u balandparvoz sözlarga emas, Sfinksning xotirjam nufuziga tayanuvçi kuçni gavdalantirgan. 

Kuç sokinlikda

Rokfellerning hamkasblari xotiralariga köra, u heç qaçon ovozini balandlatmagan, janjallaşmagan va öylamay iş qilmagan. Hattoki uni xafa qilişganda ham u özini xotirjam tutgan. U qançalik özini sokin tutsa, uning mavjudligi şunçalik köp sezilardi. Yiğilişlarda u butkul öy-xayollarga çömib ketardi va faqat izoh beriş uçungina çalğirdi. 

Heç qaçon nolimang va özingizni oqlamang

Rokfellerning hamkasblari va raqiblari uning har qanday vaziyatda mukammal hissiz yuz ifodasini saqlay olişini yodga olişadi. Hattoki uning aksariyat vaqtini iş egallagan, matbuot esa şaxsiy hayoti tafsilotlarini bilişga qiziqqanda ham milliarder özini birdek xotirjam tuta olardi. Xuddi şuningdek, Rokfeller to ölimiga qadar öz salomatligidan şikoyat qilmagan.