«Islom moliyasi» Telegram-kanalida amerikalik milliarder Rey Dalioning «Tamoyillar» nomli maşhur kitobining rus tiliga erkin tarjimasi berib borilmoqda. Kun.uz muxbiri uşbu mulohazalarni özbek tiliga ögirdi.

Yomon qarorlar va fikrlar sizga qimmatga tuşişi mumkin.
Men har doim özimning muhim fikrlarim va qarorlarimni qayta tekşirib turaman. Ularni körib çiqib, qayerda xato qilganimni tuşuniş uçun eng malakali ekspertlar, bilimdon va tajribali insonlarning fikrlari va nuqtayi nazarini tinglayman.
Men kibr va öziga ortiqça işonişdan ehtiyot bölaman. Kerakli darajada işonçga ega bölmagunimga qadar ma'lumot töplaşni davom ettiraman yoki bilimsizlik xavfiga duçor bölişdan xalos bölib, muammoni bilmasligimni yoki vaziyatning noaniqligini tan olaman.
Şuning uçun mening tamoyilim – eng xolis nuqtayi nazarga ega böliş, uni stress-testdan ötkaziş (ya'ni uning rostligi, asosliligi yoki dolzarbligini qayta tekşiriş), öziga işonçni çetga suriş, öz qarorlarining oqibatlarini aniq anglay oliş va doimiy ravişda komillikka erişişdan iborat.
Ayrimlar uçun bunday matnlar real hayotning şafqatsiz voqeliklaridan uzoq, quruq falsafaga öxşab körinişi mumkin. Lekin agar öz qarorlaringiz sifatini çinakam baholaşni boşlasangiz, buning ahamiyatini tezda tuşunib olasiz.
Buning uçun şunçaki hayotiy muhim qarorlaringizni yozib çiqing. Nima uçun aynan bu qarorni qabul qilganingizni va ularning har birida qanday omillar hal qiluvçi bölganini vijdonan, röy-rost yozing.
Ana şunda qarorlaringiz ortida hayotingiz falsafasi, qörquvlar, hissiyotlar, ijtimoiy bosim, lahzali harakatlar, intilişlar, oqillik bor-yöqligini körasiz. Va bu sizning öz haqiqatingizni topiş yölida saragini ajratişning birinçi bosqiçi bölişi mumkin...
Rostgöylik, hayot haqiqatlari va öta oçiqlik
Rey Dalioning xulosasiga köra, hammamiz xato qilamiz, kamçiliklar hammada bor. Bu yerda muhim jihat – ana şu xatolarimizga qanday yondaşuvda ekanimiz.















