Jon Rokfeller 7 yoşidayoq kurka boqib sotadi. Qöşnining kartoşkasini kovlab berib pul topadi. U har bir topgan sentini qanday qilib orttirganini kiçik daftarçaga qayd qilib boradi. Keyinçalik u AQŞda birinçi bölib milliard dollar işlab topadi va tarixda qoladi.

1861 yilga kelib AQŞda davlat tuzumi tahlika ostida qoladi. Çunki prezident Avraam Linkolnning mamlakatda quldorlik va qul savdosini tugatiş haqidagi qonun loyihasi janubiy ştatlardagi boylarga yoqmaydi.

Şundan söng bu ştatlar birin-ketin AQŞ tarkibidan çiqqanini e’lon qiladi va Amerika Konfederativ Ştatlari deb nomlangan yangi davlat tuzadi. Uruş boşlanadi.

AQŞ tarixida “Fuqarolar uruşi” deb nomlangan bu uruş 4 yil davom etadi va 1865 yil yozda janubliklarning mağlubiyati bilan tugaydi.

Öşandan keyin AQŞ hududida uruş harakatlari bölmagan. Balki şu sabab barça iqtisodiy va moliyaviy işlar bozor iqtisodiyotiga asoslangan bu davlat şiddat bilan rivojlana boşlaydi. Şunga yaraşa avvaliga millionerlar, XX asr boşlarida esa milliarderlar paydo böladi.

Boyligini birinçi bölib mlrd dollarga yetkazgan şaxs Jon Rokfeller edi. U bu natijaga 1916 yilda erişgan. Öşandan buyon Rokfeller familiyasi boylik ramzini anglatadi.

Foto: alamy.com

Rokfeller qanday boyigan?

1839 yilda Nyu-York yaqinidagi Riçford şahrida tuğilgan Jon Rokfellerning otasi ingliz-nemis, onasi esa şotland-irland ildizlariga ega edi. Oila katta yer maydoniga ega bölib, otasi öşa davrda AQŞda keng tarqalgan foizga pul beriş bilan şuğullangan.

Keyinçalik, Jon öz otasi haqida şunday eslagan:

“U hatto men bilan ham savdolaşar, heç narsani tekinga berib yubormasdi. Meni oldi-sotdi işlariga u örgatgan va keyinçalik tadbirkor bölişimda otamning hissasi katta bölgan. U şunçaki menga boyib ketiş böyiça turtki bergan va bunga qanday erişişni örgatgan”.

Jon Rokfeller 7 yoşidayoq kurka boqib sotadi. Qöşnining kartoşkasini kovlab berib pul topadi. U har bir topgan sentini qanday qilib orttirganini kiçik daftarçaga qayd qilib boradi. Keyinçalik u buxgalterlik hisobini yuritişni örgatadigan kitob sotib oladi va uni qunt bilan öqib, örganadi.