Xitoy hukumati 2025 yilga qadar yovvoyi tabiatdagi pandalar sonini 18 foizga köpaytirişga qaror qildi. Bu rejaga köra, yana ön yildan keyin yovvoyi tabiatdagi pandalar soni 2 ming 200 taga yetadi. Ayni damda Xitoy yovvoyi tabiatida 1 ming 864 ta panda mavjud. Yana 422 panda maxsus markazlarda boqiladi.
Hukumat 2025 yilgaça Siçuan, Gansu va Şensi viloyatlarida pandalar uçun maxsus hududlar yaratiş ustida iş olib bormoqda. Maxsus markazlardagi pandalar ham keyinçalik yovvoyi tabiatga qöyib yuborilişi mumkin. Katta panda bambuk ayiği ham deb ataladi. Uning vatani Xitoyning markaziy hududlari, deya tan olingan. Panda tungi hayvon bölib uni yer şarining hamma joyida ham uçratib bölmaydi. Vatani Siçuan viloyati va Tibet bölgan katta panda hayvonlarning yöqolib borayotgan turiga kirgan bölib, Xitoy davlati tomonidan Qizil kitobga kiritilgan va muhofazaga olingan. Bundan taşqari, panda Xitoy ramzi va faxri hamdir. Şu sababli ham Pekin diplomatiyasida alohida örin tutadi. Bu hayvonlarni boşqa mamlakatlarga yuboriş an'anaga aylanib qolgan, ayrim hollarda uni “panda diplomatiyasi” deb ham aytişadi. Pandani ovlaganlarga Xitoyda ölim jazosi qöllaniladi.
Qadimda va ötgan asrning 70-yillaridan boşlab, hamkorlik töğrisidagi şartnomalarga binoan, Xitoy öz hamkorlari bölmiş davlatlarga bu noyob jonivorni sovğa qilgan. “Osmon osti mamlakati” hukmdorlari diplomatik uçraşuvlar vaqtida bir-birlariga panda sovğa qilişgan. Buyuk Britaniyada naşr qilinadigan “Faynenşel-tayms” gazetasita bosilgan maqoladagi “Katta pandani kuzating: Aynan u Xitoy taşqi siyosatini belgilaydi”, degan sözlar buning isbotidir.
Ilk bor panda xizmatidan Tan sulolasi (618—907) hukmdorlari foydalanişgan. Imperiya hukmdori bölmiş malika U Tszetyan ikkita pandani Yaponiya imperatoriga sovğa qilgan edi. Ammo bu panda-diplomatiya amaliyoti ötgan asrning 50-yilarga kelib yölga qöyildi. 1957 yildan 1983 yilga qadar Xitoy 9 ta mamlakatga jami 23 ta panda sovğa qildi. Şunda ham Xitoyga döst bölgan mamlakatlargagina berilardi. Ğarb mamlakatlari, jumladan, Buyuk Britaniya va AQŞ oq-qora rangli ayiqni olişga umid qilmasa ham bölardi. 70-yillarda Xitoy ğarb mamlakatlari bilan aloqalarni yaxşilaş maqsadida panda-diplomatiyasidan foydalanişga qaror qildi. 1972 yilda AQŞ prezidenti Riçard Nikson Xitoyga taşrif buyuradi. Taşrif doirasida Pekin hayvonot boğiga ham bordi. Oliy mehmon şarafiga berilgan ziyofatda boş vazir Çjou Enlay Riçard Niksonning rafiqasi Pet Niksonga “Panda” sigaretasini körsatar ekan, şu kabi sovğa oliş niyati bor yoki yöqligini söraydi. Ammo AQŞ birinçi xonimi çekmasligini aytadi. Şunda boş vazir sigaret qutisida aks etgan hayvonni sovğa qiliş niyatida ekanini aytadi. Şu tariqa Ling-Ling va Sin-Sin laqabli pandalar Qöşma Ştatlar böylab safarga çiqadi. Pet Nikson pandalarni Milliy hayvonot boğiga topşirişga qaror qildi. Şu tariqa pandalar Xitoy-AQŞ munosabatlarining yaxşilanişiga xizmat qildi. 1972 yilda Xitoy va Yaponiya örtasidagi munosabatlar ham iliqlaşa boşladi. Bunga Yaponiyaga sovğa qilingan ikkita - Lan-Lan va Kan-Kan laqabli pandalarning ham xizmati bor. 1973 yilda Xitoy hukumati ikkita - Yan-Yan va Lili laqabli pandalarni Fransiyaga sovğa qildi. Oradan bir yil ötib Tszya-Tszya va Tszin-Tszin laqabli pandalar Buyuk Brianiyaga sovğa qilindi.











