Estoniya poytaxti Tallin şahrida yöl transporti hodisasi bölgan joyda halok bölgan piyodalar soni haqida eslatib turuvçi maxsus qora siluetlar örnatildi.
Birinçi qora siluetlar 27 oktabr kuni Tammsaare köçasidagi Siyakool bekati yonida örnatildi. Bu haqda meriya matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Bu yerda piyodalar uçun maxsus tunnel qurilgan, ammo köpçilik hayotini xavf ostida qoldirib, yetti harakatli yöldan ötişga intiladi. Halok bölganlarning siluetlari piyodalarning tunneldan ötişlarini eslatib turadi", - dedi Tallin transport departamenti harakat bölimi boşliği Tayvo Ryuytelmaa.
Mazkur çora-tadbir Fransiyada qöllanilgan bölib, Ryuytelmaaning sözlariga köra, öz samarasini bergan.











