AQŞ prezidentligi uçun Respublikaçilar partiyasi nomzodi Donald Tramp Amerikadagi aksariyat OAVlarini unga nisbatan noxolislikda aybladi.
«Öylaşimça, men haqimda e'lon qilinayotgan ma'lumotlarning 93 foizi salbiy mazmunga ega. Garçi, u aslida ijobiy xabar bölsa ham salbiy ruhda yoritilmoqda», — degan Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida.
Siyosatçining sözlariga köra, u avvaldan omma köz öngidagi inson bölganiga qaramay, bunday holatni qabul qila olmayapti. «Endi esa, sen nima qilsang ham heç biri biron ahamiyatga ega bölmayapti», — deb uqdirgan respublikaçilar nomzodi.
Tadbirkor, 2005 yilgi, teleboşlovçi Bill Buş bilan muloqotida ayollar xususida aytgan sözlari eşitilgan videoyozuvlarni «noqonuniy» deb atagan. Tramp The Washington Post gazetasi uşbu videoni e'lon qilganidan söng, mamlakat ayollaridan videomurojaat orqali keçirim söragan edi.












